Madaniyat
Kuni kecha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univeriteti doktoranti Gulruxsor Ergasheva, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Saodat Adilova va MO‘TUL jamoasi (TDO‘TAU) tomonidan yaratilgan “O‘zbekona” (A2 daraja) darsligi nashr etildi.
Mazkur darslik 2020-yilda chop etilgan “O‘zbekona” (A1 daraja) darsligining davomi bo‘lib, u o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘rganuvchilarga mo‘ljallangandir. Darslikni yaratishda chet tilni egallashning xalqaro miqyosda e'tirof etilgan me'yorlariga amal qilindi.
Darslikdan o‘rin olgan materiallarning zamonaviyligi, dizaynning o‘ziga xosligi millati, yoshi, kasbi, qiziqishlari turlicha bo‘lgan o‘rganuvchilarning diqqatini tortadi, o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish motivatsiyasini kuchaytiradi. Bu esa, o‘z o‘rnida, yurtimizda va xorijda o‘zbek tilining nufuzini yanada orttirib borish ishiga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q