Jamiyat
2022-yil ikkini choragi yakuniy natijalari boʻyicha Axborot va kiberxavfsizlik taʼminlangani boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingida Adliya vazirligi birinchi oʻrinni egalladi. Reyting “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan tuzilgan.
Baholash “Kiberxavfsizlik markazi”ning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslangan.
Axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʻyicha yuqori reytingi (top 10) tashkilotlar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 97,3 ball;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki - 97 ball;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi – 95,2 ball;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi – 95,1 ball;
5. «Oʻzsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki – 95,1 ball;
6. Fargʻona viloyati hokimligi – 94,6 ball;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 92,6 ball;
8. Navoiy kon-metallurgiya kombinati – 92,3 ball;
9. Toshkent shahar hokimligi – 91,9 ball;
10. Namangan viloyati hokimligi – 91,7 ball.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91230
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q