Siyosat
Oʻzbekistonda qobiliyatni aniqlash, oʻqitish, ishini yaxshi yoʻlga qoʻyishga oʻrgatadigan yaxlit tizim boʻlmagani uchun, ayrim rahbar kadrlar berilgan vazifalarni eplay olmayapti. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev aytib oʻtdi.
Qayd etilishicha, oʻtgan 6 oyda bilim va koʻnikmalari yetishmagani bois 37 nafar tuman va shahar hokimlari almashtirilgan. Umuman, masʼul lavozimlarda oʻtirgan rahbarlarni tanlash, tayyorlash va motivatsiya berish yoʻlga qoʻyilmagani ijrodagi oqsoqliklarning asosiy sabablaridan biri boʻlmoqda.
Shu bois, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, soʻnggi 2 yil davomida chuqur muhokamalar asosida “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun tayyorlangan. Yigʻilishda ushbu qonun bilan belgilanayotgan yangi tizimning har bir idora va hudud kesimida qanday ishlashi, bu borada turgan ustuvor vazifalar muhokama qilingan.
Birinchi yoʻnalish – davlat idoralariga ishga qabul qilishning ochiq-oshkora tizimi joriy etiladi.
Soʻrovlarda ishtirok etgan 50 ming aholining 19 ming nafari (yoki 38 foizi) “davlat tizimiga ishga kirishda shaffoflikni oshirish lozim”, degan fikrni bildirgan.
Shu munosabat bilan yil yakunigacha:
• barcha vakant lavozimlar ochiq yagona elektron platformaga joylashtiriladi;
• boʻsh lavozimga tanlovda ishtirok etish uchun hozirgi kunda talab etilayotgan 16 ta hujjat soʻralmaydi, barcha jarayonlar elektron shaklga oʻtkaziladi;
• ochiq tanlov orqali nomzodning bilimi, tajribasi va salohiyati aniqlanadi.
Ushbu tizim tajriba tariqasida Samarqand viloyati va Davlat soliq qoʻmitasida sinovdan oʻtkazildi.
Samarqand viloyati hokimi va DSQ raisi yangi tizim orqali qanday natijalarga erishgani haqida axborot berdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q