Siyosat
Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchixonasining birinchi diplomati 3-avgust kuni poyxat Stokgolmga yetib bordi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.
Qayd etilishicha, diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasining Shvetsiya qirolligidagi muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajaradi.
.png)
U Fargʻona shahrida tugʻilgan, 50 yoshda. 1993-yil Toshkent davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filolog-sharqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparatda va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Shvetsiyaga joʻnab ketishdan oldin u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va YEI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Ingliz, arab, rus va fransuz tillarini biladi.
Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109922
Jamiyat
94280
Jamiyat
90128
Jamiyat
73360
Jamiyat
//
Izoh yo‘q