Oʻzbekistonda oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi
Siyosat
Oʻzbekistonda oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanishi maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq 2022-yil 1-sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda:
- byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi;
- xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
- hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam boʻlganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi toʻlanmaydi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi:
- davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarni tashkil etish uchun banklarga pul joylashtirish tartibi;
- nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi;
- oilaviy bogʻchalar toʻgʻrisida;
- kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlardagi bogʻchalar tarbiyachilarining ish haqini qoplash uchun byudjetdan kompensatsiya ajratish tartibi;
- nodavlat bogʻchalarni boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida oʻzaro almashiladigan maʼlumotlar roʻyxati.
Izoh yo‘q