Siyosat
Jahon oltin kengashining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, joriy yilning iyun oyida dunyo boʻyicha Markaziy banklar oʻz oltin zaxiralarini 59 tonnaga koʻpaytirgan.
Oʻzbekiston Markaziy banki oʻz zaxiralarini 8,7 tonna oltin bilan toʻldirgan. Umuman olganda mamlakatning bosh banki apreldan beri har oy oʻrtacha 9 tonna oltin xarid qilgan. Oʻzbekiston umumiy zaxirasining 60 foizini oltin tashkil etishi taʼkidlangan.
Iyunda Iroq Markaziy banki eng koʻp 34 tonna oltin sotib olgan. Bu 2018-yilda 7 tonna oltin sotib olinganidan beri zaxiralarning ilk bor koʻpaytirilishi boʻlgan. Hozirda Iroqning oltin zaxirasi 130 tonnaga teng.
Turkiya ham oʻz zaxiralarini oltin bilan toʻldirib bormoqda. Oʻtgan oy Turkiya banki oʻz zaxiralariga 7,7 tonna oltin qoʻshdi. Birgina joriy yilning birinchi choragida Turkiya markaziy banki oʻz oltin zaxiralarini 37 tonnaga koʻpaytirdi. Hozir u 455 tonnadan ortiq oltinga egalik qiladi, bu uning zaxira aktivlarining deyarli 30 foiziga teng.
Iyun oyida Qozogʻiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 4,2 tonnaga oshirdi. Shuningdek, Hindiston – 3,7 tonna, Bangladesh – 0,1 tonna, Chexiya – 0,5 tonna, Meksika – 0,1 tonna va Moʻgʻuliston – 0,1 tonna oltin sotib oldi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q