Siyosat
Bugun, 4-avgust kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.
Dastlab, “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Qonun bilan davlat qarzi va unga xizmat koʻrsatish xarajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining cheklangan hajmlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining davlat qarzini boshqarishdagi vakolatlarni belgilash koʻzda tutilgan.
Shuningdek, qonunni ishlab chiqishda davlat qarzini boshqarishda parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha samarali yaxlit tizimni yaratishga eʼtibor qaratilgan.
Qonun bilan davlat qarzi summasining yalpi ichki mahsulotga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oshmasligi, davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish mumkinligi belgilanmoqda.
Qonun normalariga muvofiq davlat qarzini boshqarish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi palatalari, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy bank va Moliya vazirligining vakolatlari belgilanmoqda.
Xususan, Moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish boʻyicha vakolatli organ etib belgilanmoqda.
Davlat qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va shu bilan bogʻliq jarayonlar haqida fuqarolarimizni toʻliq xabardor qilish tartibi ham Qonunda oʻz ifodasini topgan.
Shu maqsadda, Moliya vazirligi tomonidan davlat qarzining holati va oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborotlar yilning har choragida oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi belgilangan.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q