Siyosat
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi Tayvan atrofidagi vaziyatning rivojlanishi munosabati bilan yuzaga kelgan keskinlik tezroq bartaraf etilishiga umid bildirdi. Bu haqida Dunyo AAda tarqatilgan rasmiy bayonotda qayd etilgan.
“Oʻzbekiston xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyor va tamoyillariga muvofiq, „yagona Xitoy“ siyosatini, ushbu mamlakatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini izchil qoʻllab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.
AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi 2-avgust kuni kechga yaqin rasmiy Xitoy oʻz hududi deb hisoblaydigan Tayvanga Xitoy hukumatining ogohlantirishlariga qaramay, Tayvanga tashrif buyurgandi. Uning soʻzlariga koʻra, Amerika Kongressi delegatsiyasining Tayvanga tashrifi oʻzaro xavfsizlik, iqtisodiy sheriklik va demokratik boshqaruvga qaratilgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi tashrifga keskin norozilik va tanqid bilan javob qaytardi.
“Bu yagona Xitoy tamoyili va uchta Xitoy-AQSH qoʻshma kommyunikelari qoidalarini jiddiy buzish, Xitoy-AQSH munosabatlarining siyosiy poydevoriga jiddiy putur yetkazish, Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligini qoʻpol ravishda buzishdir. Tayvan boʻgʻozi hududida tinchlik va barqarorlikka zarar yetkazish, „Tayvan mustaqilligi“ deb ataluvchi uchun kurash olib borayotgan separatist kuchlarga mutlaqo notoʻgʻri signal yuboradi”, — deb taʼkidladi Tashqi ishlar vazirligi.
Xitoy ushbu tashrifni keskin qoraladi va Amerika tomoniga keskin norozilik bildirdi. “Dunyoda faqat bitta Xitoy bor, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismidir”, — deyiladi bayonotda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q