Prezident tergovchilar tayyorlash tizimini takomillashtirishni topshirdi

Saqlash
17:25 / 04.08.2022 845 0

Surishtiruv va tergov organlari uchun yetuk kadrlar tayyorlashning yangi tizimi yaratilishi kutilmoqda. Bu boradagi rejalar Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.

 

Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev / Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-avgust kuni surishtiruv va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Tegishli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki surishtiruvlarni olib borishdagi muammoli omillar, yangi paydo boʻlayotgan tahdid va jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovchi kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

 

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Xususan, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish boʻyicha faoliyatning metodik taʼminotini takomillashtirish muhimligi qayd etildi.

 

Davlat rahbari zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv hamda tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//