Jamiyat
Bugun, 14-oktabrdan boshlab “Tashkent city”ga kirish bepul boʻldi. Bu haqda “Tashkent city” XIM DUK direksiyasi maʼlum qildi.
“2021-yil 14-oktabr kunidan «Tashkent City” XIM bogʻi hududiga kirish bepul deb eʼlon qiladi. Avtotransport vositalarida kirishi bundan mustasno», deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Tashkent Cityning parkiga kirish Yangi yil bayrami arafasida — 2020-yil 17-dekabr kuni pullik qilib belgilangan edi. Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 5 ming soʻm, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming soʻm, pensionerlarga — 5 ming soʻm (guvohnoma boʻlgan taqdirda), nogironligi boʻlgan shaxslarga — bepul (guvohnoma boʻlgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming soʻm (yoʻlovchilarni hisobga olgan holda).
Keyinchalik park hududiga pullik kirish tartibi dastlab 31-martgacha, keyinchalik 30-sentabrga qadar uzaytirildi. Bu sanadan soʻng kirish tartibiga oʻzgartirish kiritilgani biror joyda eʼlon qilinmagan. Faqat bugun, 14-oktabrdan boshlab parkka kirish bepul boʻlgani eʼlon qilindi. Bir oydan oshiq vaqt davomida park hududiga kirish qaysi asosga koʻra pulli boʻlgani ochiqlanmagan. Park rahbariyati bir oydan beri fuqarolardan noqonuniy pul olganmi? Bugun eʼlon qilingan xabarda bu holatga biror izoh berilmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q