Jamiyat
Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida 218 mingdan oshiq aholi yashaydi. Bu yerda uzoq vaqt qurilishga e’tibor bo‘lmagani tufayli odamlarning uy-joyga ehtiyoji yuqori edi.
Shu bois markazdan olis dasht hududidagi «Guliston» MFY da 1 podyezdli 61 ta ko‘p qavatli uylarda 1 220 ta xonadon turar joylari barpo qilindi. Yangi va zamonaviy xonadonlarni sotib olishda qulaylik yaratish maqsadida fuqarolarga subsidiyalar taqdim etilgan. Mahallada insonlar uchun kerakli hamma ijtimoiy obyektlar qulay joylashgan.
Fuqarolar yig‘ini binosi, yoshlar uchun kovorking markazi, savdo va maishiy xizmat majmuasi yonma-yon. 420 o‘rinli maktab, 150 o‘rinli bog‘cha, oilaviy poliklinika, madaniyat uyi, sport majmuasi barpo etilgan. Ko‘p qavatli uylar oldida bolalar maydonchalari tashkil etilgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111097
Jamiyat
94523
Jamiyat
90466
Jamiyat
74570
Jamiyat
//
Izoh yo‘q