Madaniyat
Poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyati ishtirokida tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Toshmuhammedov joriy yilda Urganchda Al-Xorazmiyga, Toshkentda Botir Zokirov yashab o‘tgan xonadonga san’atkor haykali o‘rnatilishini ma’lum qildi.
Qayd qilinganidek, 2021-yil davomida o‘zbek tasviriy san’ati, madaniyati, adabiyoti yetuk vakillari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 15 ta barelyef, 3 ta haykal, 1 ta landshaft dizayni va bog‘ me’morchiligi bo‘yicha haykaltaroshlik loyihalari yaratildi.
Milliy amaliy san’atimizni keng jamoatchilikka tanitish uchun “O‘zbekiston amaliy san’ati” katalogi o‘zbek, rus va ingliz tillarda 1000 nusxada nashr etildi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111865
Jamiyat
94682
Jamiyat
90678
Jamiyat
75359
Jamiyat
//
Izoh yo‘q