Oʻzbekiston barchamiz uchun yagona qalb, yagona Vatandir

Saqlash
00:29 / 30.07.2022 971 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Oʻzbekiston barchamiz uchun yagona qalb, yagona vatandir” mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbir avvalida tillarda doston Shomahmudovlar oilasi haqidagi “Sen yetim emassan” filmi lavhalari namoyish etildi.

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar millatlararo munosabatlarni rivojlantirish, bagʻrikenglik va insonparvarlik tamoyillari asosida tinchlik, totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilanganligi, hozir mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elatlar hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari istiqomat qilib, 141 ta milliy madaniy markaz va 36 ta doʻstlik jamiyati faoliyat yuritib kelayotganini qayd etdi.

 

 

Tadbirda Qurolli kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi.

 

 

Respublikamizdagi tojik, qozoq, qirgʻiz, qrim-tatar, boshqird, belorus, uygʻur, ozarboyjon kabi milliy madaniy markaz rahbar va aʼzolari ham oʻz tabriklarini bildirdi. Turli millat vakillaridan iborat tadbir ishtirokchilari badiiy mahoratlarini va milliy kiyimlarini namoyish etdilar.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//