Madaniyat
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov haqda gapirib o‘tdi.
“Men Qashqadaryoda tug‘ilib voyaga yetgan qahramon shoirimiz Abdulla Oripov bilan yaqin do‘st, ijodining chinakam muxlisi bo‘lganimdan doimo faxrlanaman. Ulug‘ shoirimiz: “Toleimga bitgan Qashqadaryomsan”, deb tug‘ilgan yurtini cheksiz ardoqlar edi.
Ochig‘ini aytsam, menga shu kunda Abdulla Oripov kabi insonlar yetishmayapti. U kishi Qashqadaryoni juda maqtar, elini yaxshi ko‘rardi. Biz Abdulla aka bilan Zominda yosh ijodkorlar uchrashuvlarini tashkil qilgandik, Zomin ijodkorlar maktabi an’ana tusiga kirdi.
Men yaqinda mehmon bo‘lib kelgan AQSH kongressmenlari bilan uchrashuvda Amerikada Abdulla Oripov muzeyini ochish taklifini bildirdim. Ular bu masalada yordam berishlarini aytishdi. Bilasiz, Abdulla aka AQSHda vafot etgan. Endi o‘sha davlatda ham yaxshi bir muzeyini tashkil qilsak, u kishini xotirasi uchun munosib ish bo‘lardi. Nasib qilsa, Amerikaga borib shu muzeyni ochib kelamiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q