Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Yuqori To‘palang hamda Bobotog‘ milliy tabiat bog‘lari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Surxondaryo viloyatida Yuqori To‘palang hamda Bobotog‘ milliy tabiat bog‘lari tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatining tog‘ va tog‘oldi hududlarda noyob va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari, o‘rmon resurslarini muhofaza qilish, ularni takror ko‘paytirish, qayta tiklash hamda Surxondaryo viloyati tog‘ va tog‘oldi hududida ekoturizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.
Tabiat bog‘lariga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni, tabiat bog‘larining qo‘riqxona, rekreasiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari, tabiat bog‘lari ijro etuvchi apparatining tuzilmasi tasdiqlanadi.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112082
Jamiyat
94766
Jamiyat
90796
Jamiyat
75594
Jamiyat
//
Izoh yo‘q