Amir Temur bunyod etgan masjid muzeyga aylantirildi

Saqlash
16:08 / 12.10.2021 1462 0

Qashqadaryodagi Odina masjidi 1386-yilda Sohibqiron Amir Temur tomonidan bunyod etilgan. 1868-yili Chor Rossiyasi bosqini davrida masjidning ayvon qismi to‘pga tutilib, vayron qilingan. Mustabid tuzum davrida dastlab omborxonaga, 1938-yildan qamoqxonaga aylantirilgan.

- Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, insoniy sha’ni va g‘ururi oyoqosti qilingan. Shunday tabarruk joyning qamoqxonaga aylantirilgani ham bunga misol. Biz bugun mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor qaratayapmiz. O‘tganlar hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak. Bu yerda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgani - tarixiy adolatning tiklanishi, - dedi Prezident.

Muzey 11 ta bo‘limdan iborat. Ularda Turkiston o‘lkasida olib borilgan mustamlakachilik siyosati va qatag‘onlarni aks ettiruvchi noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar, ashyolar va boshqa manbalar aks ettirilgan.

Shuningdek, muzeyda yoshlar klubi hamda kutubxona tashkil qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//