Jamiyat
Dam olish kunlarida Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo kuzatiladi. Harorat 47 darajagacha koʻtariladi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Eron hududlaridan juda issiq va quruq havo kirib kelishi davom etadi. Harorat foni iqlimiy meʼyorlardan 5-7 darajaga yuqori boʻladi. Kunduzi havo harorati 40-45 daraja atrofida, janubda va choʻl zonalarida baʼzi joylarda 47 darajagacha boʻlishi kutilmoqda.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzon koʻtarilishi kutilmoqda.
Qirgʻiziston hududidan Fargʻona viloyatining togʻoldi va togʻli hududlari boʻyicha glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q