Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarini e’lon qildi

Saqlash
16:10 / 11.10.2021 816 0

Bu haqda Interfax.ru xabar berdi. 

Avval xabar berganimizday, o‘tgan hafta mobaynida bir nechta yo‘nalishlarda Nobel mukofoti sovrindorlari ma’lum qilingan edi. Xususan, tinchlik bo‘yicha mukofot "Novaya gazeta" bosh muharriri Dmitriy Muratov hamda filippinlik jurnalist Mariya Ressaga, adabiyot yo‘nalishida – tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazzoq Gurnaga, kimyo yo‘nalishidagi mukofotni Benjamin List va Devid Makmillan, fizika yo‘nalishida Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe qo‘lga kiritdi, tibbiyot yo‘nalishidagi mukofot amerikalik tadqiqotchilar Devid Julius va Ardem Pataputyanga berilgan edi.

Iqtisod bo‘yicha bu yilgi mukofotni AQSHlik uch olim: Devid Kard, Joshua D. Engrist va Gvido Imbens qo‘lga kiritdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish