Jamiyat
Sog‘liqni saqlash vazirligi shu yilning 28-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasining qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash yo‘lga qo‘yilgani haqida ma’lum qilgan edi.
Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatgan bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalar va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan.
5-oktabr holatiga ko‘ra, yurtimizda 87 710 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
Hududlardagi istalgan emlash punktida 12 yoshdan katta bolalar ota-onalari va vasiylarining roziligi asosida koronavirusga qarshi emlanishlari mumkin.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q