Anomal issiqdan qanday saqlanish zarur?

Saqlash
01:10 / 20.07.2022 666 0

Anomal issiq haroratdan qanday saqlanish zarur? Sogʻliqni saqlash vazirligi bu borada yurtdoshlarimizga quyidagi tavsiyalarni berdi:

 

Eng avvalo, koʻchaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matolardan tikilgan yengil libos kiyish, issiqdan saqlaydigan bosh kiyim, koʻzoynak va soyabonlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

 

Imkon qadar yogʻli, dudlangan taomlarni isteʼmol qilmaslik, tez buziladigan ovqatlardan ehtiyot boʻlish kerak.

 

Tanada suv balansini ushlab turish uchun kuniga oʻrtacha 2-3 litr suyuqlik (sovitilgan koʻk choy, gazsiz mineral suv, qatiq, mevali ichimliklar, quritilgan mevalarning qaynatmalari) ichish tavsiya etiladi.

 

Gazlangan, energetik va alkogol ichimliklar, qahva isteʼmol qilish mumkin emas.

 

Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastroʻmol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlaydi.

 

Jazirama payti quyosh urishi — eng xavfli holat boʻlib, jabrlanuvchida koʻngil aynishi, qusish, burundan qon ketishi, koʻrish qobiliyatining buzilishi, yurak urishi va nafas olish kuchayadi. Unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Anomal issiq harorat kuzatilgan paytda imkon qadar toʻgʻridan toʻgʻri quyosh nuri tushadigan joyda jismoniy mehnat bilan shugʻullanmaslik tavsiya etiladi. Agar shunday boʻlgan taqdirda quyoshdan himoyalanish uchun bosh kiyim kiyish, ora-ora salqin joyda dam olish maqsadga muvofiq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//