Xalqaro kimyo olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

Saqlash
21:22 / 18.07.2022 987 0

Xitoy davlatida masofaviy tarzda oʻtkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi oʻz nihoyasiga yetdi. Dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar oʻquvchi ishtirok etgan mazkur nufuzli olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar 4 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.


Gʻoliblar:

 

Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;

 

Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;

 

Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi;

 

Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFCHOʻIMning 11-sinf oʻquvchisi.


Qayd etilishicha, kumush medalni qoʻlga kiritgan gʻolib oʻquvchilarga 90 mln. soʻm, oʻqituvchilariga – 75 mln. soʻmdan pul mukofotlari topshiriladi.

 

Medal sohiblari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//