Jamiyat
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida Sibir yarasiga chalinish bilan bogʻliq holat aniqlagani xabar qilingandi. Mazkur holat boʻyicha Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat ilmiy markazi direktori Bahriddin Tongyoriqov quyidagilarni maʼlum qildi. Bu haqida OʻzA xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Sardoba tumani Zomin mahalla fuqarolar yigʻini Havotogʻ qishlogʻidagi jami 35 ta xonadonda parvarishlanayotgan qishloq xoʻjaligi hayvonlari 2022-yil reja grafigi asosida fevral oyi boshida (jami 241 bosh yirik, 231 bosh mayda shoxli hayvonlar) kuydirgi kasalligiga qarshi toʻliq profilaktik emlangan.
Holatni oʻrganish boʻyicha tashkil etilgan shtab mutaxassislari tomonidan qoramol soʻyilgan joydan olingan tuproq namunalari va soʻyilgan qoramolning kala-pochasi hamda teri qoldiqlari bakteriologiya, parazitologiya va mikrobiologiya laboratoriyasida toʻliq analiz qilingan.
Olingan beshta tuproq namunasi 5 kun davomida bakteriologik tekshirilganda kuydirgi kasalligiga xos koloniyalar oʻsmagan. Ikki bosh sichqonga biosinov qoʻyilib, oʻn kun kuzatildi. Sichqonlarda nojoʻya oʻzgarishlar yuz bermagan. Ular yorib koʻrilib, ichki organlari mikroskopik va bakteriologik usullarda tekshirilganda kasallik qoʻzgʻatuvchisi aniqlanmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q