Jahon
Tojikiston poytaxti Deshanbe shahrida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi. Savdo uyi ikki mamlakat tadbirkorlarining tovar va mahsulotlarini xaridorlarga yetkazish bo‘yicha beminnat ko‘makchi vazifasini o‘taydi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.
Savdo uyining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchisi Ergash Shoismatov va “Orien Invest” investitsiya kompaniyasi bosh direktori Saidismatillo Valiyev ishtirok etib, bundan buyon ikki mamlakat tadbirkorlarining hamkorligi yanada rivojlanishini ta’kidladi.
Savdo uyini tashkil etishdan maqsad tadbirkorlar uchun qulayliklar yaratishdir. Ya’ni tadbirkorlar, ishlab chiqarish korxonalari Savdo uyi orqali tovarlar va xizmatlarini reklama qilish imkoniga ega bo‘ladi. Savdo uyida ko‘rgazmalar zali tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda ishlab chiqaruvchilar o‘zlariga yangi xaridorlar topishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Savdo uyining ochilish marosimidan keyin ko‘rgazmalar zalida mahalliy tadbirkorlar uchun o‘zbek ishlab chiqaruvchilari mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q