Jamiyat
Adliya vazirligi "Ezgu amal" xayriya jamg‘armasi bilan hamkorlikda "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan Toshkent shahrida “Davlat tili – millat g‘ururi” shiori ostida marafon tashkil etmoqda.
Marafon joriy yilning 16-oktabr kuni soat 09:00 da Adliya vazirligi binosidan boshlanib, Adiblar xiyobonigacha piyoda davom etadi. Barchaning egnida buyuklardan til haqidagi iqtiboslar tushirilgan kiyimlar bo‘ladi.
Xiyobonda huquqiy aksiyalar, bepul huquqiy maslahatlar tashkil etiladi. Marafondan tushgan mablag‘ saraton xastaligiga chalingan bolalarni davolashga yo‘naltiriladi.
Xayriya mablag‘larini "Ezgu amal" xayriya jamg‘armasining:
-h/r: 20212000700943273001 (AT "Kapitalbank", Yashnаbod f-l, MFO 01136) hisob raqamiga;
-Paynet, Click, Payme, Paymo, Apelsin to‘lov tizimlarida "Xayriya" bo‘limidagi "Ezgu amal" belgisini tanlagan holda;
-https://ezguamal.org/charity saytida internet-ekvayring tizimi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q