Namanganlik dasturchilar viloyat iqtisodiyotiga 1,2 million dollar foyda keltirdi

Saqlash
22:03 / 08.10.2021 1929 0

"DataSite" xalqaro kompaniyasining Namangan viloyati bo‘limida 80 nafardan ziyod iqtidorli dasturchilar jamlangan. Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazi va Monomarkaz binolaridan ajratilgan joyda ish olib borayotgan bu dasturchilar tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyida aqliy mehnat evaziga yaratilgan 1,2 million AQSH dollari qiymatidagi dasturiy ta’minot xorijga eksport qilindi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar qildi.

- Kelgusi yilda xodimlarimiz sonini ikki barobarga oshirib, 150 nafarga yetkazishni mo‘ljallayapmiz, - deydi kompaniya menejeri Muhiddin Hasanov. - Natijada ish hajmi to‘rt barobarga oshadi. Bunga imkoniyatlarimiz yetarli. Xalqaro tenderlarda faol ishtirok etmoqdamiz. So‘nggi ikki tanlovda takliflarimiz bilan Buyuk Britaniya va Amerika kompaniyalari buyurtmalarini yutib oldik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//