Bugundan oʻqishni ko'chirish uchun arizalar qabul qilish boshlandi

Saqlash
14:07 / 15.07.2022 1071 0

Joriy oʻquv yili uchun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi:

 

transfer.edu.uz hamda my.dtm.uz — respublika OTMlararo yoki bir OTM doirasida koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar;

 

transfer.dtm.uz — xorijiy mamlakatlardagi hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish boʻyicha arizalar.

 

Roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

 

Kerakli hujjatlar:

 

• Ariza

• Pasport (jpg yoki pdf shakli)

• Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli)

• Akademik maʼlumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun)

 

Maʼlumot uchun, joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa talabalargagina ichki "perevod" uchun oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish