Ilm-fan
Oʻzbekistondagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi metodikani joriy etish orqali fransuz tilini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqida Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shinning Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi va Fransiya elchixonasining taʼlim va universitetlarda hamkorlik boʻyicha attashesi bilan uchrashuvda aytib oʻtilgan.
Vazirlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, uchrashuvda tomonlar maktabgacha taʼlim sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilingan.
Uchrashuvda tomonlar inklyuziv taʼlim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ushbu sohaga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangi metodikani joriy etish orqali fransuz tilini oʻqitish, shuningdek, fransuzlar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, shuningdek Fransiya taʼlim telekanali va «Aqlvoy» telekanali oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qilgan.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q