Navbatdagi Xalqaro baxshichilik festivali Gulistonda o‘tadi

Saqlash
08:10 / 08.10.2021 1631 0

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev navbatdagi xalqaro baxshichilik festivalini Gulistonda o‘tkazishni taklif etdi.

–Yurtimizda xalq og‘zaki ijodiyotining noyob durdonasi bo‘lgan baxshichilik san’atini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Termiz va Nukus shaharlarida o‘tkazilgan festivallar bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.

Sirdaryo vohasi o‘zining Akram bulbul, Hamroqul baxshi, Gulmurod baxshi, Saidahmad baxshi kabi ijodkorlari bilan shuhrat qozongan va bu an’analar bugun ham davom etmoqda.

Shu o‘rinda ko‘nglimdagi bir fikrni sizlar bilan o‘rtoqlashmoqchiman: navbatdagi xalqaro baxshichilik festivalini Guliston shahrida o‘tkazamiz, desak, sirdaryoliklar mezbonlik qilishga tayyormi?– dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyevning taklifi barchaga manzur keldi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish