Siyosat
Tojikiston Sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi koronavirus tarqalishining oldini olish uchun chegara nazoratini kuchaytirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, chegarada termometriya va emlanish sertifikatlari mavjudligini tekshirish joriy etilgan.
“Koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida chegaralarda – aeroportlar, yerusti nazorat punktlarida chora-tadbirlar kuchaytirildi, Tojikistonga kelgan barcha fuqarolar termometriyadan oʻtkaziladi va emlanganlik sertifikatlari tekshiriladi”, degan vazirlikning favqulodda vaziyatlar va shoshilinch tibbiy yordam boshqarmasi boshligʻi Navroʻz Jafarov.
Uning soʻzlariga koʻra, bu birinchi navbatda Qozogʻiston va Oʻzbekiston, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyadan kelayotgan fuqarolarga taʼsir qiladi.
“Mamlakatga kirish uchun hech qanday cheklovlar joriy etilmagan”, — deydi rasmiy va mamlakatda hozirda birorta ham koronavirus aniqlanmaganini aytgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Sport
109818
Jamiyat
94187
Jamiyat
90008
Jamiyat
73199
Jamiyat
//
Izoh yo‘q