Siyosat
Amaliy tashrif bilan AQSHda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2022-yilning 6-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqotda Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik hamfa barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Bosh kotib Oʻzbekistonning 2022-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyani oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.
“A.Guterrish Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni katta qiziqish bilan tingladi”, deyiladi TIV xabarida.
Tomonlar oʻzaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q