Siyosat
Bugun 6-iyul kuni Bryussel shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni (KSHHTB) imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Yangi bitim Oʻzbekiston va YEI oʻrtasidagi 1996-yilda imzolangan amaldagi sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim oʻrniga ishlab chiqilgan va kengroq masalalarni qamrab olgan. Savdo, investitsiyalar, intellektual mulk sohalaridagi munosabatlar doirasi sezilarli darajada kengaytirildi.
Shuningdek, KSHHT bitimi tashqi siyosat, xavfsizlik, mojarolarning oldini olish va risklarni boshqarish, noqonuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, terrorizmga qarshi kurash kabi yangi sohalarni oʻz ichiga oladi.
Muhimi, yangi bitim endi hadli boʻlmasdan, balki Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida, boshqa yoʻnalishlar qatorida, savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida keng koʻlamli hamkorlikning toʻlaqonli mexanizmini yaratadi.
KSHHTB loyihasi boʻyicha muzokaralar 2019-yil fevral oyida boshlangan va 2022-yil iyun oyi oxirida yakunlangan. Ushbu davr mobaynida ekspertlar, bosh muzokarachilar hamda hukumat aʼzolari darajasida 10 raund muzokaralar va 150 dan ortiq uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q