Voqealar bir yoki oʻn kunda tashkil qilingan emas – Prezident Qoraqalpogʻiston voqealari haqida

Saqlash
03:34 / 07.07.2022 775 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.

 

«Albatta, bu voqealar bir kunda yoki oʻn kunda tashkil qilingan emas.

 

Bu harakatlarga chetdagi gʻarazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik koʻrilgan.

 

Ularning asl maqsadi Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.

 

Boʻlib oʻtgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda.

 

Bu jarayonga xolis tomonlarni, yaʼni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur.

 

Shuning uchun, Bosh prokuror N.Yoʻldoshevga topshiriq – har bir holat chuqur va xolisona oʻrganilsin va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.

 

Shu oʻrinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan notoʻgʻri kuch ishlatilgan boʻlsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi taʼminlansin», dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//