Siyosat
Oliy Majlis Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisini 2022-yil 8-iyul kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Majlisda quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining Davlat byudjetining 2021-yil yakunlari boʻyicha ijrosi hamda Davlat byudjetining 2022-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish rejalashtirilgan.
Shuningdek, senatorlar daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olishning atrof muhit, suv va yoʻl xoʻjaligi obyektlariga salbiy taʼsiri yuzasidan hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasida mahalliylashtirish dasturlarining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlarini yuborish masalalari muhokama qilinadi.
Yalpi majlisda eksport hajmining barqaror oʻsishini taʼminlash va uning nomenklaturasini diversifikatsiyalash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, mamlakatimizda gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini taʼminlash holati, shuningdek, homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda goʻdaklarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovlari natijalari koʻrib chiqiladi.
Yalpi majlis doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q