Jahon
Kecha, 6 oktyabrda Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida VII Boku xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi boshlandi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda ishtirok etayotgan turli mamlakatlardan 200ga yaqin nashriyot, matbaa korxonalari, kitob do‘konlari hamda madaniy markazlar qatorida O‘zbekiston noshirlari ham qatnashmoqda.
Xususan, «O‘zbekiston» NMIU, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, «Nihol», «Zamin nashr», «Hilol nashr» kabi nashriyotlar tomonidan chop etilgan turli yo‘nalishdagi nashrlar ko‘rgazma-yarmarkada namoyish etilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — dunyo noshirlari bilan o‘zaro tajriba almashish, noshirlik-matbaa hamda kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro noshirlik sohasining so‘nggi yutuqlari, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishish. Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 10 oktyabrga qadar davom etadi.
Tadbir doirasida O‘zbekiston elchixonasi shafe’ligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va M.Axundov nomidagi Ozarbayjon milliy kutubxonasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumining imzolanishi marosimi tashkil etiladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q