AQSH arxeologlari Buxoroning tarixiy qo‘rg‘onidan noyob rasmlar topdi

Saqlash
03:09 / 05.07.2022 1460 0

AQSH arxeologlari Buxoroning eski shahrida joylashgan Varaxsha qo‘rg‘onidagi tarixiy Shahriston bozori hududidan to‘rt asr oldin chizilgan devoriy rasmlar topdi. Bu haqda viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Shohabbos Sharofiddinov xabar berdi.

 

Bildirilishicha, 2022-yilning iyun oyi oxirida Buxoro tarixiy markazidagi sobiq Shahriston bozori hududida AQSHning Nyu-York universiteti huzuridagi qadimgi dunyoni o‘rganish instituti professori Soren Stark boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar yakunlangan.

 

Foto: Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi

 

Arxeologlar tomonidan qazilgan xandaqdan (Transheya II) devoriy rasmning ma’lum bir qismlari deb taxmin etilayotgan qoldiqlar topilgan.

 

Boshqarma boshlig‘ining so‘ziga ko‘ra, arxeologlar tomonidan qazilgan xandaqlar 10-15 metrcha chuqurlikdan iborat bo‘lgan. Ushbu topilmalar esa devoriy rasmlar qoldiqlari deya taxmin qilingan. Varaxshadagi Buxorxudotlar saroyidan topilgan bu devoriy rasmlar taxminan to‘rt asr oldingi davrlar davomida ishlangan.

 

Foto: Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi

 

“Arxeologlarning yangi topilmalari faqat ushbu devoriy rasmlar bilan yakunlangan emas. Ular noodatiy sirlangan yashil ot shaklidagi bolalar o‘yinchog‘ini ham topishdi. Ammo tadqiqotchilar bu bilan chegaralanib qolmaydi va ular keyingi yilda ham ushbu hududda arxeologik qazilma ishlarini olib borishni rejalashtirishdi”, — deydi Shohabbos Sharofiddinov.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//