Siyosat
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Qoraqalpogʻistondagi voqealarga munosabat bildirib, Oʻzbekiston hukumatini qoʻllab-quvvatladi. Bu haqida tashkilot saytida xabar berildi.
Tashkilotning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qoʻmitasi Konstitutsiyaga zid koʻrinishlar va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga urinishlarni qoralab, barqarorlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni saqlash tarafdori ekanini bildirgan.
Oʻzbekiston hukumati tomonidan qonunchilik va huquq-tartibotni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, koʻp millatli Oʻzbekistondagi barcha xalqlarning millatlararo totuvligi va tinch-totuv yashashi boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar qoʻllab-quvvatlangan.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111962
Jamiyat
94699
Jamiyat
90703
Jamiyat
75466
Jamiyat
//
Izoh yo‘q