Siyosat
4-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar qildi.
Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Suhbat avvalida Qozogʻiston Prezidenti davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpogʻistonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qoʻyish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha koʻrilgan qatʼiy chora-tadbirlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatladi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shu jumladan sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, logistika, mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berish sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik koʻrish nuqtayi nazaridan koʻp tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
Oʻtgan hafta Bishkek shahrida oʻtgan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston hukumat delegatsiyalarining Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi boʻyicha uch tomonlama muzokaralarining natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q