Siyosat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Majlisda deputatlar “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bogʻliq masalani koʻrib chiqishyapti.
Maʼlumki, “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-iyundagi qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 2022-yilning 25-iyunidan 5-iyuliga qadar umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan edi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan umumxalq muhokamasi mamlakatimizning barcha hududlarida qizgʻin tashkil etilmoqda. Parlament aʼzolari hamda mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan hududlarda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 120 ming nafar fuqaro ishtirokida oʻtkazilgan 2 mingdan ziyod uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlari olib borildi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi jarayonlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilmoqda.
Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishda fuqarolarning faolligi ortib borayotganligi, kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligidan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasini 15-iyulga qadar uzaytirish taklif etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q