Prezident ishsiz yigit-qizlar masalasini hal etish vazifasiga toʻxtaldi

Saqlash
01:17 / 02.07.2022 793 0

Ayni paytda respublikamizda ishsiz yigit-qizlar 1 million 200 ming nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Prezident kecha Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda gapirib oʻtgan.

 

“Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash boʻyicha joriy qilingan yangi tizim asosida 8 milliondan ziyod yigit-qizlarni qamrab olgan «Yoshlar balansi” shakllantirildi.

 

Eng muhimi, yoshlarning qiziqishlari, kasb-hunarga moyilligi, maʼlumoti, ijtimoiy ahvoli va muammolaridan toʻlaroq xabardor boʻlish imkonini beradigan tizim yaratildi.

 

Joriy yilda 404 ming yigit-qizlar oʻrta taʼlimni, 151 ming nafari professional taʼlim muassasasini bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi», — dedi Prezident.

 

«Ularning bandligini taʼminlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi.

 

Jumladan, bir yil davomida tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm yoʻnaltirish orqali 220 ming nafar yoshlarning bandligi taʼminlanadi.

 

130 ming nafar yoshlarga kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqishi uchun 160 milliard soʻm subsidiya ajratiladi.

 

110 mingdan ziyod oʻgʻil-qizlarimiz esa davlat korxonalari va xususiy sektordagi boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi.

 

Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 250 milliard soʻm subsidiya va kompensatsiyalar beriladi.

 

Ayni paytda, ularning qishloq xoʻjaligi sohasidagi faoliyatini ham tizimli ravishda ragʻbatlantirib boramiz.

 

Masalan, Oltiariq uzumchilik klasteri namunasi asosida, respublikamizdagi 70 ta tumanda “Yoshlar agroklasteri”ni tashkil etib, 400 ming nafar yoshlarni ish bilan taʼminlaymiz.

 

Endi har yili oʻquv yili yakunlanishi bilan yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha har bir hudud alohida dastur qabul qiladi», — taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//