Siyosat
Oʻzbekistonda “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming soʻmdan subsidiya beriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, bu boʻyicha Shavkat Mirziyeyov “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda gapirib oʻtgan. Prezident forumga Oʻzbekiston yoshlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralar bilan kelganini taʼkidlagan.
“Eng avvalo, yoshlarimizning zamonaviy kasb va bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytiramiz. Xabaringiz bor, 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlarimizning masalalarini hal etish maqsadida joriy qilingan «Yoshlar daftari” tizimi amalda ijobiy natijalar bermoqda. Lekin, shuni ham unutmaslik lozimki, yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga boʻlgan qiziqishi 14 yoshidan, yaʼni maktab davridanoq shakllanadi.
Shu bois, bundan buyon 14-17 yosh oraligʻidagi 3 million nafarga yaqin oʻgʻil-qizlarimizga ham “Yoshlar daftari”da koʻzda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Xususan, unda nazarda tutilgan imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga koʻpaytiriladi. Ushbu daftarga kiritilgan farzandlarimizga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻrganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming soʻmdan subsidiya beriladi.
Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklar uchun 6 oy davomida 300 ming soʻmdan pul toʻlanadi. Ularga ushbu yoʻnalishlar boʻyicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming soʻmdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun 12 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda oʻquv qurollarini sotib olish xarajatini davlat oʻz zimmasiga oladi», — degan Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q