O‘zbekistonda «Keksalar haftaligi» boshlandi

Saqlash
15:02 / 05.10.2021 2977 0

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan 4-10 oktabr kunlari O‘zbekistonda «Keksalar haftaligi»ni o‘tkazish belgilangan.

Haftalik doirasida:

yurtimizdagi barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, xayriya tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar o‘rtasida shaxmat-shashka bo‘yicha “Aql charxi” turniri, voleybol, mini-futbol, stol tennisi va boshqa sport musobaqalari;

jamoatchilik vakillari ishtirokida hududlardagi yangi qad rostlagan “Nuroniylar maskani”, “Mahalla markazi” majmualari, fuqarolar yig‘ini binolari hamda mahallalardagi boshqa ijtimoiy ob’yektlarning ochilish marosimlari;

mahallalarda hunarmand-ustalar, kulollar tomonidan yaratilgan milliy mahsulotlar hamda turli millat vakillarining amaliy san’at, hunarmandchilik buyumlari, liboslari ko‘rgazmalari;

nuroniylar ishtirokida muzey, ziyoratgoh va qadamjolar, shuningdek, yurtimizdagi diqqatga sazavor joylarga sayohatlar;

ziyoratgoh va qabristonlar, yakka, yolg‘iz keksalar xonadonida hashar asosida obodonlashtirish ishlari;

100 yosh va undan katta yoshdagi nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida “Asr bilan yuzma-yuz” mavzusidagi tadbirlar;

ta’lim muassasalarida ibratli hayot yo‘li va mehnati bilan aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan keksalar ishtirokida “Nuroniylar — yoshlar nigohida” mavzusida uchrashuv va ko‘rik-tanlovlar, rasmlar ko‘rgazmasi;

mahallalarda “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik aksiyalari;

oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida keksa avlod vakillari ishtirokida “Keksa avlod oilaviy ajrimlarga qarshi”, “Biz bor joyda jinoyatga o‘rin yo‘q”, “Hayotning qadriga yet” mavzularida davra suhbatlari tashkil etiladi.

  Shuningdek, “Keksalar haftaligi” davomida:

pensioner, yakka va yolg‘iz yashovchi keksalar holidan xabar olinib, ularning uy-joy, maishiy muammolarini hal etishga ko‘maklashiladi, oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etiladi;

turli sohalarda faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan keksa avlod vakillari ishtirokida uchrashuvlar uyushtiriladi;

malakali shifokorlardan tashkil topgan “Tibbiyot avtobuslari” orqali respublikamizning barcha hududlari, jumladan, chekka va olis hududlarda joylashgan mahallalarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj nuroniylar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi hamda zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlanadi;

nogironligi bor keksa ayollarga reabilitasiya vositalari, ya’ni nogironlik aravachasi, hassa va qo‘ltiqtayoq, eshitish moslamalari taqdim etiladi;

“100 yosh bilan yuzlashganlar” nomli kitob-albom, “Keksalik va ma’naviy meros”, “Keksalari e’zozlangan yurt” nomli risolalar taqdimoti o‘tkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//