Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda toʻqimachilik sohasida mutaxassislar tayyorlash, ilm va izlanish boʻyicha Toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda Oʻzbekiston-Koreya toʻqimachilik texnoparki yaxlit tizim asosida ishlashi belgilandi.
Shuning uchun Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov rektor etib tayinlandi.
Institutda yangi oʻquv yilidan:
- 3 va 4-kurs talabalarini oʻqitishda “dual” taʼlim tizimi joriy qilinadi.
Endi, ular haftaning uch kunida institutda nazariy darslar, qolgan uch kunida toʻqimachilik texnoparki va korxonalarda amaliy oʻquv mashgʻulotlar asosida oʻqitiladi;
- nufuzli xorijiy toʻqimachilik oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 6 ta yoʻnalishda talabalar almashish dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q