50 ta xorijiy brend yil yakuniga qadar Oʻzbekistonga olib kelinadi

Saqlash
03:05 / 29.06.2022 746 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

«Oʻzbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan soʻng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga, milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar.

 

Lekin, ochiq aytish kerak, toʻqimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti.

 

Misol uchun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boshqa davlatlar elchilari oʻz mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qilish uchun vazir, hokim, hatto korxonagacha borishdan charchamaydi.

 

Lekin, bizning elchilarda bunday tashabbus hali yoʻq!», dedi Prezident.

 

Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:

 

- Ispaniya, Germaniya va Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, AQSHdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;

 

- xalqaro koʻrgazmalarda kamida 30 ta oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, 50 million dollardan buyurtma olishni taʼminlash topshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//