Ilm-fan
Turkiyalik professor Nejati Demir O‘zbekistonda olib borgan izlanishlari natijasida Alp Er To‘nga (Afrosiyob)ning qabrini topganini aytmoqda. Bu haqda uning Twitter’dagi sahifasiga tayanib Kun.uz ma'lum qildi.
Olimning qayd etishicha, butun dunyo turkiylarining umumiy ajdodi sifatida e'tirof etiladigan Alp Er To‘nganing qabri Buxoro hududidan topilgan. Professor to‘liq ma'lumot yaqin kunlarda ochiqlanishini ta'kidlagan.
Hürriyet nashri muxbiri bilan suhbatda professor Demir: “Qadimgi arab va fors manbalarida Alp Er To‘nganing qabri Buxoroda ekani qayd etilgan edi. Shuningdek, meni o‘zbekistonlik tarixchi va tadqiqotchilar ham qo‘llab-quvvatlashdi. Yaqin kunlarda barcha tafsilotlarni so‘zlab beraman”, deb aytgan. Biroq u qabr Buxoroning aynan qayeridan topilganiga aniqlik kiritmagan.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Alp Er To‘nga VII asrda yashab o‘tgan. U sak qabilalarini birlashtirib, eroniy shohlarga qarshi kurash olib borgan hamda Turkiston, Eron va Ozarboyjonning ma'lum qismini o‘z ichiga olgan Turon davlatiga asos solgan. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida u adolatli hukmdor hamda qo‘rqmas jangchi sifatida tilga olingan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q