Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda qayd etilishicha, brendlarni jalb qilishga:
- boʻyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10 foizgacha miqdorda subsidiya beriladi;
- xorijiy brendlar va ularga tayyor mahsulot yetkazib berayotgan mahalliy korxonalarning buyurtmalariga asosan alohida avia-reyslar yoʻlga qoʻyiladi.
Shu bilan birga, brendlar uchun zarur boʻlgan furnituralarning 90 foizi import qilinmoqda.
Shuning uchun, mutasaddilarga:
- bir oy muddatda furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish;
- Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida yil yakuniga qadar 4 tadan furnitura korxonalarini ishga tushirish topshirildi.
Prezident tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning Aksessuar va furnitura ishlab chiqaruvchilar uyushmasini tashkil etish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q