Yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda – Prezident rahbarlarni tanqid qildi

Saqlash
02:18 / 29.06.2022 843 0

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Yigʻilishda tolani qayta ishlash quvvatlari 1 million 300 ming tonnaga yetgani, lekin 1 million tonna tola ishlab chiqarilayotgani taʼkidlandi.

 

Qayd etilishicha, hozirning oʻzida 300 ming tonna tola yetmayapti. Kelgusi besh yilda bu ehtiyoj yana 600 ming tonnaga oshadi. Shundan 300 ming tonnasi sunʼiy tola boʻlsa, yana kamida 300 ming tonna paxta tolasi zarur.

 

“Nima uchun Turkiyaning paxta maydoni bizdan 2 karra kam boʻlsada, tolani deyarli teng hajmda ishlab chiqaradi? Buning asosiy sababi - hali ilmga, zamonaviy texnologiyalarga joylardagi rahbarlarning eʼtibori va masʼuliyati past”, dedi Prezident.

 

Davlat rahbari qayta ishlash borasidagi ishlar ahvoliga toʻxtaldi. Unga koʻra, ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi mamlakatimizda 23 foizni tashkil etadi.

 

Aytilishicha, buning oqibatida yiliga 9 milliard dollar daromad boy berilmoqda.

 

Agar mutasaddilar tuman hokimlari va klasterlar bilan ishlarni toʻgʻri tashkil qilsa, toʻqimachilikdagi ish oʻrinlarini hozirgi 400 mingdan bemalol 1 millionga koʻpaytirish imkoniyati borligi maʼlum qilingan.

Nega Turkiya tolani ishlab chiqarish salohiyati boʻyicha Oʻzbekistondan oldinda? – Prezident rahbarlarni tanqid qildi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//