Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ilmga asoslangan urugʻchilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda paxtani chuqur qayta ishlash asosida toʻqimachilik mahsulotlari eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda qayd etilishicha, agar tomchitalib sugʻorishni joriy etish sohasida erkin raqobat boʻlsa, ilm bilan yondashilsa, ushbu texnologiyani joriy etish xarajatini gektariga 15-20 million soʻmga bemalol tushirish mumkin (hozirda 27 million soʻm).
«Lekin, katta fojia – ayrim rahbarlar bu ezgu islohotga oʻziga yaqin taʼminotchilar va bilimsiz odamlarni aralashtirayapti. Shu orqali korrupsiya boshlangani haqida menda yetarli maʼlumotlar bor», dedi Prezident.
Moliya va Suv xoʻjaligi vazirliklariga bir hafta muddatda:
- yangi ishga tushirilgan elektron portalga hamma taʼminotchilarni kiritish;
- taklif qilinayotgan suv tejovchi texnologiyalar narxi va xizmatlar sifatini baholab boradigan shaffof tizim yaratish topshirildi.
Bunda eng maqbul shartlar va narxlarni fermerlarning oʻzi tanlaydi.
Ishlab chiqaruvchi esa kamida 3 yil fermerga servis xizmatini koʻrsatishni kafolatlashi shart.
Umuman, klasterlar hamkor fermerlari bilan birga olgan daromadidan bir qismini jamgʻarib, ichki irrigatsiya tizimini yaxshilashni ham yoʻlga qoʻyishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q