Ilm-fan
Abituriyentlar uchun muhim xabar berildi. Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, 2022-2023-oʻquv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.gov.uzga ham joylashtirildi.
Endilikda abituriyentlar “Abituriyentni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish” xizmati orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlashlari mumkin.
Talabgorlarni onlayn roʻyxatga olish joriy yilning 20-iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga roʻyxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Belgilangan muddat ichida abituriyentlar oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritishlari mumkin boʻladi.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q