Jamiyat
Suvni asrash, uvol qilmaslik haqida barchamiz ko‘p gapiramiz. Ammo amal qilishga kelganda e’tiborsizlik qilamiz. “Bu ishga mas’ullar bor-ku”, deymiz.

Shaharning qoq markazidagi Yakkasaroy tumani, Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining tarix va matematika fakulteti qarshisida ariqni to‘ldirgancha sharqirab oqadi. Suv nafaqat ariqni to‘ldirgan, balki ko‘chaga ham yoyilib ketgan.
Ba’zi kunlari odamlar yuradigan yo‘lakni ham bosib ketadi. Essizgina suv-a! Haydovchilarga bu maskan mashina yuvishga juda qulay. Mashinalarini yuvib, top-toza qilib olishmoqda. Ammo bu yer o‘quv dargohi, talabalar va yo‘lovchilar doimiy yuradigan joy. Shunday ekan, ortiqcha suv hech kimga aziyat yetkazmasligi, isrof bo‘lmasligi kerak. O‘ylaymizki, mas’ullar bu muammoga e’tibor qaratadilar.

Oygul Ubaydulla qizi
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111094
Jamiyat
94522
Jamiyat
90465
Jamiyat
74568
Jamiyat
//
Izoh yo‘q