“Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi

Saqlash
16:06 / 28.06.2022 1142 0

26-iyun kuni “Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari aniqlandi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining axborot xizmati xabar qildi.

 

Tanlovda birinchi oʻrinni egallagan gʻolib oilaga “Prezident sovgʻasi” – “Spark” avtomashinasi topshirildi. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi oʻrin gʻoliblari 50 va 30 million soʻmdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

 

 

Taʼkidlanishicha, tanlovning Respublika bosqichida 14 ta yosh oila ishtirok etgan. Ulardan Surxondaryo viloyati Termiz shahridan Xidirovlar oilasi (Xidirov Muhiddin, Oʻsarova Muborak), Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidan Gʻafurovlar oilasi (Gʻafurov Rustam, Davronova Raʼno) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidan Oʻrinboyevlar oilasi (Oʻrinboyev Umidbek, Davlatova Muhabbat) gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish